Ushbu siyosat Harkuni qaysi ma'lumotlaringizni yig'ishini va ulardan qanday foydalanishini tushuntiradi.
1. Qaysi ma'lumotlarni yig'amiz
Telefon raqami, ism, hudud, sinf, mashq natijalari va to'lovlar tarixi. Karta ma'lumotlari bizga kelmaydi.
2. Nima uchun
Hisobingizni yuritish, mashqni sizga moslash va to'lovni qabul qilish uchun.
3. Kimga beriladi
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz. Xizmat ishlashi uchun Telegram (kirish), Payme va Click (to'lov), Sentry (xatolarni kuzatish) va Hetzner (server) xizmatlaridan foydalanamiz.
4. Ota-ona ma'lumotlari
O'quv markazi o'quvchilari uchun ota-onaning telefon raqami uning roziligi bilan saqlanadi.
5. Sizning huquqlaringiz
Ma'lumotlaringizni ko'rish, o'zgartirish yoki hisobingizni o'chirishni so'rashingiz mumkin.
6. O'zgarishlar
Siyosat yangilansa, yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi.
7. Aloqa
Ushbu siyosat bo'yicha savollaringiz bo'lsa, saytdagi aloqa ma'lumotlari orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin.